Ixlos surasi va dam solish xaqida
Assalomu alaykum! 1. Maxallamizda bir qo‘shnimiz bor. Islomiy ilmi qanchalik ekanidan xabarim yo‘q. Shu kishi "o‘qib dam solish" kabi ish bilan shug‘ullanadi. Shu kishi Payg‘ambarimiz xadisi shariflarida kimki Ixlos surasini birdaniga 3 marta o‘qisa butun Qur’oni Karimni o‘qib tugatgani savobini oladi degan xadisi bor deb aytdi. Shu kishini gaplari qanchalik to‘g‘ri? 2). Bu qo‘shnimiz avvallari davlat ishida ishlagan va xozirda pensiyada. Mening fikrimcha, xech qanday Islomiy madrasani tugatmagan. Lekin "dam solish, o‘qish" ishlari bilan shug‘ullanadi. Shu kishini dadam yaqinda oyog‘i lat eb uyda yotgani uchun o‘qib qo‘ysin deb chaqirgan edi. Shu kishi ertalabda uyimizga kirganda atayin mendan orqada yurib kekirganga o‘xshash ovozlar chiqardi (menimcha ataylabdan) va Alloh taolo menga ziyoni etkan uyni ko‘rsatib qo‘yadi ko‘zimga o‘sha uyni qorong‘i ko‘rsatib deb aytdi va keyin kirib uyni burchaklariga qarata duolar o‘qidi. Yosin va Tabarok surasini xam o‘qib oralarida o‘sha kekirganga o‘xshagan xunukroq ovozlar chiqardi. Javoblar uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ixlos surasini 3 marta o‘qilgandagi savobi haqidagi gapi to‘g‘ri, lekin qolgan gaplari to‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 170 | Qur’oni karim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ixlos surasini 3 marta o‘qilgandagi savobi haqidagi gapi to‘g‘ri, lekin qolgan gaplari to‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 170 | Qur’oni karim