Namoz o‘qimaydigan tanish
Assalomu alaykum! Allohga shukr dadam taqvodor inson. Besh mahal namozni qoldirmasdan o‘qib kelmoqdalar. Dadamning yaqin do‘sti bor yoshlari 55 da. Davlat idorasida ishlaydi. Dadam u insonga ko‘p aytdilar namoz o‘qigin deb. Lekin hech o‘qimaydi. Yaqinda o‘zim bir voqea guvohi bo‘ldim. Dadam "yur masjidga shom namoziga" dedilar do‘stiga. U inson "yo‘q, men mashinada o‘tiraman, namoz amallarini bilmayman, kirmayman dedi". Imom domlalarni Maruzalarinini eshitgizsam "maruza zo‘r, gap yo‘q, udar gap bo‘ldi" deb qo‘ya qoladi. Oldinlari, "Mening kasbimga to‘g‘ri kelmaydi namoz o‘qish, meni MXX hodimlari yomon oladi, agar masjidga kirsam" deb masjidga kirmasdi. Hozir ham kirmaydi. Namoz o‘qish shartligini aytsak, tayinli javob ham bermaydi. Bunday insonni qanday qilib namoz o‘qishga o‘rgatish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Indamasdan qo‘lidan etaklab odamlar nima qilsa orqasidan qaytaraverasiz deb olib kirish kerak. Peshonasi sajdaga tekkach uni mazasini bilib keyin sizlar aytmasangizlar ham boradigan bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 151 | Namoz