Mahr to‘g‘ri bo‘ldimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolim shundan iboratki kuni kecha birodarimning nikohida guvoh vazifasini bajardm. Imom shar’iy nikoh jarayonida kelindan ko‘nglingizga tugib qo‘ygan narsangiz bo‘lsa (mahr uchun) so‘rang dedi. Kelin bo‘lajak qaynona va qaynotasini (ya’ni kuyovnig ota-onasini) hajga olib borsalar man uchun shu mahr dedi. Kuyov bola bunga rozi bo‘ldi, imom ham shuni mahr qilib belgiladilar. Shu to‘g‘ri bo‘ldimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu narsa mahrga o‘tmaydi. Hozirgi kunda urfda shunday ayollarga mahrga nima berilayotgan bo‘lsa, erning zimmasiga o‘shani berishi vojibdir. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar