Bamdodga uxlab qolgan odam

Assalomu alaykum! Shu saytda berilgan savollar ichida "Bomdodga uxlab qolsa quyosh chiqqandan keyin qazosini o‘qimaguncha peshinni o‘qib bo‘lmaydi" degan savolga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf raximullox "Rost" deb javob beribdilar. Men bazi bir paytlarda bomdodga uxlab qolsam oldin peshinni sunnatini va farzni o‘qib keyin bomdodni farzini qazosini o‘qir edim yoki xuftonning farzidan keyin o‘qir edim. Unda bomdodni qazosini o‘qimasdan o‘qigan peshin namozlari nima bo‘ladi? Qayta o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga o‘sha o‘qishingiz ham bo‘laveradi. U gap tartib sohiblariga tegishli. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 144 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar