Imomning ma’ruzadagi xatosini to‘g‘irlash

Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuhu Shayx Hazratlari!Alloh Sizga uzoq umr va sog‘liq bersin!Ustoz biz Yangiyo‘lda ishlaymiz va juma namozlariga ham Yangiyo‘l tumanidagi masjidga boramiz. Masjid imomi o‘zlarining bir ma’ruzalarida, boyligi kumush nisobiga etgan odamga qurbonlik qilish vojib dedilar. Lekin men bir ilmli odamdan so‘rasam qurbonlik qilish faqat tillo nisobga etganda vojib bo‘ladi dedilar (Ustoz qaysi fatvo to‘g‘riligini aytsangiz iltimos). Ustoz agar imomning fatvosi noto‘g‘ri bo‘lgan bo‘lsa bizga o‘sha imomning xatosini aynan o‘ziga bildirish yoki biror bir yordamchilari orqali etkazish vojib bo‘ladimi? Va imom ham bu xatosini jamoatga bildirib to‘g‘irlashi vojibmi? Va boshqa shunga o‘xshash holatlarda qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuhu!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tillo yoki kumushning farqi yo‘q, moli-dunyosi nisobga etgan odamga zakot barz bo‘ladi.

5 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar