Taloq deb aytmagan edi

Assalomu alaykum! Ilm ahli savolim men 1yilu 9oy avval erimnikidan kelishmovchilik bilan ota uyimga kelganman keladigan kunim men homilador edim. Og‘riq bor edi, 1yarim oylik edikan. Shunga do‘htirga olib chiqin desam unamagan, hamma shunaqa bo‘lib tug‘adi dedi. Keyin men og‘riq bor olib borin desam puli bo‘lsa ham pulim yo‘q deb, obormiman dedi. O‘zim ham shunaqa narsalardan to‘ydim, dedi. Men unda ota-onam qaredi uyimga oborib qo‘yin deb uyimga ketganman. Shu bo‘yicha uyga bormadim, janjallar bo‘ldi, tug‘dim, bolani otasi ko‘rgani kelmadi. Endi bolam 10oylik, turmushga berishmoqchi, bizi o‘rtamizga taloq tushganmi. Agar tushgan bo‘lsa oila qurishim mumkinmi yoki taloq tushmagan bo‘lsa javobimi olishim kerakmi? Javobimi bersa idda saqlaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq deb aytmagan bo‘lsa talog‘ingizni olishingiz shart. Alohida ketib qolib 2 yilmi 10 yilmi alohida yashasangiz ham taloq bermagunicha taloq tushmaydi. Talog‘ingizni olmasdan va undan keyin iddangizni o‘tirmasdan boshqaga nikohlana olmaysiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar