Mashinamni qayta sotib olsam bo‘ladimi?
muhtaram ustoz, Alloh :jj diyn yo‘lida, o‘zining roziligini istab qilayotgan amallaringizni husni-qabul aylasin, savobini esa O‘zi ko‘paytirib bersin. Sizga bir do‘stimning savolini yo‘llamoqdaman. Do‘stim ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurg‘izadi. Unga hozir pul zaril bo‘lib turibdi. Agar bir odamga o‘zimning mashinamni sotsam, so‘ng o‘sha odamdan o‘z mashinamni qayta ijaraga olib minib tursam bo‘ladimi, keyinchalik pul bemalolroq bo‘lib qolganda yana o‘z mashinamni qayta sotib olishim joizmikan, shu masalada qanaqa yo‘l tutsam shariatimizga xilof bo‘lib qolmas ekan, shuni so‘rab bering - deb iltimos qilgan edi. Javobingiz uchun avvaldan tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu joiz emas. Qarz vositasida ribo bo‘lib qoladi.
5 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 141 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu joiz emas. Qarz vositasida ribo bo‘lib qoladi.
5 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 141 | Islam