Hayvonlarga ko‘z tegishi

Assalomu alaykum! Uy hayvonlariga ya’ni chorva mol qo‘ylarga ko‘z tegishi bor narsami yoki xatomi? Insonlarga ko‘z tegishi xaq deganlar. Hayvonlarga ko‘z tegmasin deb qizil latta, munchoq, qalampirning kuydurilgani va shunga o‘xshash narsalarni ilib qo‘yishadi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘z tegishi haq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aynan shunday deganlar. Ko‘z tegishining oldini olish choralarini qilish mumkin, lekin shu narsa saqlaydi degan e’tiqod noto‘g‘ri. Shuning uchun ulamolarimiz har xil narsalarni taqishdan qaytarishadi. لا بأس بوضع الجماجم في الزرع والمبطخة لدفع ضرر العين ، لأن العين حق تصيب المال ، والآدمي والحيوان ويظهر أثره في ذلك عرف بالآثار فإذا نظر الناظر إلى الزرع يقع نظره أولا على الجماجم ، لارتفاعها فنظره بعد ذلك إلى الحرث لا يضره روي " { أن امرأة جاءت إلى النبي صلى الله تعالى عليه وسلم وقالت نحن من أهل الحرث وإنا نخاف عليه العين فأمر النبي صلى الله عليه وسلم أن يجعل فيه الجماجم } ا هـ “Roddul muhtor” kitobida haqiqatda shu gaplar kelgan. Lekin ulamolarimiz omma xalqning hozirgi holatini hisobga olib, bunday narsalarni ham tark qilishga buyuradilar. Chunki odamlar Alloh taoloni qo‘yib, qabr ahlidan madad so‘raydigan bo‘lishdi. Sodir bo‘layotgan ishlarni Alloh taolo tarafidan deb bilmay, butkul sabablarga osilib oladigan bo‘lishdi, o‘sha sababni ham sabab qiladigan zot Alloh taolo ekanligini ham unutib qo‘yishdi. Hattoki o‘ziga etayotgan barcha ne’matni “Tabiat beradi” degan narsaga ham ishonib qolishdi. Albatta bu yurtimizda etmish yilga yaqin bo‘lgan xudosizlakka chaqirishning oqibatidir. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar