Mayitni qabrga qo‘ygandan keyin uyiga borish

Assalomu alaykum! Mayitni qabrga qo‘yib marhumning uyiga borgach keyin boshqa birovlarning uyiga borish mumkunmi? Ko‘pchilik u erdan chiqib boshqa birovning uyiga borib bo‘lmaydi deyishyapti. Bu gaplar rostmi yoki bid’at?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mayyitni qabrga qo‘ygach marhumning uyiga borishga ham hojat yo‘q. To‘g‘ri o‘zining ishiga ketaveradi. Agar o‘z uyiga borishi kerak bo‘lsa uyiga ketaveradi. Odamlarni “deyishyapti” degan gaplaridan juda bezor bo‘ldik. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar