Mayyit o‘ralgan ko‘rpani sotish

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Bir tanishimizni iltimosi bilan sizlarga murojat qilyapman. Ular menga quyidagi savol bilan murojat qilishdi: Bir yigit mayyit tashuvchi mashina xaydovchisi bo‘lib ishlar ekan, xar safar mayyit olib kelinib ko‘mib bo‘lishgandan so‘ng, marxumni yaqinlari mayyit yotgan yangi ko‘rpani mozorga ya’ni go‘rkovga rozilik bilan tashlab ketishar ekan. Bu ko‘rpalar ko‘p yig‘ilib qolganda, bozordan ko‘rpa sotuvchi savdogarlar kelib xaligi ko‘rpalarni yarim narxida (optom) sotib olib ketisharkan. Bu ishdan tushgan pul go‘rkov va mozor ishchilari uchun xalolmi? Menga shubxalik tuyulgani sababi, xaligi bozorchi savdogarlar odamlarga mayyit yotganini aytib sotishadimi yoki yangi deb sotishadimi bunisi mozor ishchilariga qorong‘u. Shuning uchun ular menga shu savol bilan murojat qilishdi. Iltimos yordam beringlar. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Go‘rkov va mozor ishchilari xizmat haqi olishlari joiz. Ammo ko‘rpa tuo‘shak kabi narsalar mayyitning merosdagi haqqi bo‘lib, uni merosxo‘rlarga qaytarish shart. Agar mayyit vafotidan avval go‘rkovga deb alohida vasiyat qilib qoldirgan bo‘lsa olishi joiz. Sotuvchilarning yangi deb sotishlari qalloblik hisoblanadi. Yangi deyishlarini bilib turib ularga berish esa gunohga yordam berish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar