hozirgi holat

Assalomu alaykum xurmatli shayx xazratlari!!! biz bir masalada bahslashib qoldik.Savolim shuki hayvonlarni ya‘ni ot bilan eshakni yoki bo‘ri bilan itni chatishtirish mumkinmi?Daraxtlarni payvand qilishchi? Agar nojoiz savol bergan bo‘lsam uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Erkak eshakni baytalga qo‘ysa bo‘ladi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xachir minganlari matslum va mashhur. Erkak eshakni baytalga qo‘yganda xachir tug‘iladi. Agar bu ish harom bo‘lganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xachirni minmas edilar. Boshqa hayvonlarni chatishtirish haqida kitoblarimizda ma’lumot yo‘q.Mevalarni chatishtirish mumkin.

6 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar