Harom narsalarga aralashmasa joizmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, Rossiyada ishlab yurayotgan ayollar nomidan berilgan savolimga javob bersangizlar. Rossiyaning supermarketlarida farrosh bo‘lib ishlasa bo‘ladimi? Farroshga gohida mahsulotlarni  joylashni ham buyurishadi. Agar o‘sha aroq yoki cho‘chqa mahsulotlaridan tashqari meva va boshqa narsalarni joylab taxlab berish ishi buyurilsa, oyligi halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar o‘sha aroq yoki cho‘chqa mahsulotlaridan tashqari meva va boshqa narsalarni joylab, taxlab bersa, oyligi halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:10 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar