O‘tgan odamning qarzi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, dadajonim vafot etganlar (Allohim jannatiga dohil qilsin!). Vafotidan so‘ng ba’zi do‘stlaridan olgan qarzlarini qaytarib berdim. Endi meni o‘ylantirayotgan savol shuki, man bilmagan qarzlari nima boladi (agar olgan bo‘lsalar). Men bilmimanku kimdan qarz olganlarini. Shuning uchun shariatga muvofiq qanday amal bajarishim kerak. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo toqatdan tashqari ishlarga buyurmaydi. Bilganlaringizni ado qiling va kelajakda hujjat-guvohlar bilan yana kelib qolsa ularni ham ado qiling. Dadangizni yaxshi biladigan va ko‘p birga vaqt o‘tkazgan do‘stlaridan so‘rab-surishtiring. Dadangizni nomida faqir-miskinlarga sadaqotlar qilib turing. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 128 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar