Yolg‘onmi?

Assalomu alaykum Hurmatli Ustoz. Sog‘-omonmisiz? Alloh baxtimizga Sizni sog‘-salomat qilsin.Quyudagi savol bilan murojat qilishga ijozat bergaysiz...Diynimizda yolg‘on qattiq qoralanganligi uchun iloji boricha yolg‘on gapirmaslikka harakat qilaman. Shuning uchun hattoki bazi bir holatlarda ozgina boshqacha holatlarga ham tushib qolyapman. U vaqtlarda man bilan gaplashayotgan odam "ko‘ngil uchun ham yolg‘on gapirib qo‘ya qol" deydi. Yani bu yolg‘on shunday yolg‘onki, buni chin emasligini gapiruvchi ham, tinglovchi ham biladi. Masalan, o‘zimizning odat "Uyga yuring ovqat tayyor edi... Ovqatlanib ketardingiz" deydi. Lekin ikkalasi ham biladiki - bu faqatgina oddiy mulozamat halos. Shunday xolatlarda ya‘ni tinglovchi ham gapiruvchi ham gapirilayotgan narsaning chin emasligini bilsa, yolg‘on ishlatsa bo‘ladimi?Oldindan rahmat. Umringiz uzoq bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Undan ko‘ra ikkisi kelishib yolg‘on gapirmaylik deyishlari yaxshi.

6 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 131 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar