Otinoy ma’ruzasi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda bir Barno degan otin oyining ma’ruzasini eshitib qoldim. U ayol inson uxlaganda ruxi ko‘tarilib, o‘lgan ota-onasini ziyorat qilib qaytishini aytgan. 2). Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatli Hazratimiz onalari farzandlarini doim Yasin surasini o‘qib emizishlarini aytgan. 3). Qabrda kushnilarimiz agar qori, yoki ilmi-iymoni kuchli insonlar bo‘lsa, qiyomatda shafoatchi bo‘lishlarini aytgan. Shuning uchun qabrda yon qo‘shnilarni surishtiring degan ma’nodagi xadisni xam keltirgan. 4). O‘lgan joyda 3 kungacha taom tayyorlash makrux degan. Bu borada xadis xam bor, Rasululloh zavjalariga taom tayyorlab qo‘shnilarining uyida janoza bo‘lganda qo‘shnilariga chiqarishni buyurganlar, u uyda 3 kungacha taom tayyorlash makrux dedilar, degan. 5). Mulk surasini qabr tepasida mayyitni qo‘yib bo‘lishi bilan o‘qilsa, o‘sha kuni Munkar, Nakir farishtalari savol javob qilmas emish, qabrda ziyofat bo‘lar emish. Bugun bu mayyit mening mexmonim, deb Alloh marhamat qiladi, deydi. Shular rostmi? Bu ayolning ma’ruzalari ayollarning orasida keng tarqalgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). U ayol dalilsiz gapiribdi. Biror bir oyat yoki hadisda bunday gap yo‘q.
2). Shunday taqvoda tarbiyalaganlar. Hayz va nifos vaqtlarda o‘qimaganlari aniq.
3). Yaxshilarning qabri jannat bog‘chalaridan bir bog‘ bo‘lishi aytilingan. Kofir va osiylarniki do‘zax chuqurlaridan bir chuqur bo‘lishi aytilgan. Albatta azob yoki rohatdan qo‘shni nasibador bo‘lishi bor. Shuning uchun barcha solih insonlar solihlarni yoniga dafn qilishlarini vasiyat qilishgan hamda fuqaholar boshqa din vakili musulmonlar qabristoniga dafn qilinsa, qabrni ochib jasadini chiqarib yuborishga hukm qilganlar. Chunki unga azob nozil bo‘ladi deganlar. Shuningdek musulmonni dafn qilishga kofir kishi tushmasin deganlar.
4). O‘lgan joyda 3 kungacha taom tayyorlash makruh degan gap yo‘q. Aksincha unday xonadonda ziyofat berish yo‘q deganlar. Xonadon ahli taomlanishlari uchun taom tayyorlashlari mumkin. Qo‘shnilari bu ishni qilsalar sunnatga amal qilgan bo‘ladilar.
5). Noto‘g‘ri gapni aytibdi. Aytgan bu gapi to‘qima. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar