Ruku’dagi holat

Assalomu alaykum! Men uyda ukam bilan jamoat qilib namoz o‘qiyman, bomdod namoziga biroz kech turamiz, men ba’zan ukam kech qolayotganida farzni boshlab yuboraman, ruku’dan turgan vaqtim "Robbana va lakal xamd"ni aytaman, ikkinchi rakatiga ukam kelib qo‘shiladi, ikkinchi rakatda ham ruku’dan turayotganimda ushbu so‘zlarni aytishim kerakmi yoki yo‘qmi? 2) er-xotinning jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari mumkinligi haqidagi javoblarni o‘qidim, er farz namozida oldinda turadi, ammo sunnat va salovati vitrda ham oldinda turadimi yoki ular bir qator bo‘lishlari kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Aytsa zarari yo‘q.
2). Farzda xolos. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 164 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar