Begona ayol bilan namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Ish joyimizda ibodatgo‘y burodarlarimiz bor Alhamdulillah shu bilan birga qizlar ham yo‘q emas. Savolim shundan iboratki har kuni bir bola va qiz yolg‘iz xonada jamoat bo‘lib namoz o‘qishadi shu shariatimizda to‘g‘rimi yo‘qmi aytsangiz, do‘stimga men yo‘q men qarshiman deyman. U jamoat savobi katta deya u qiz bilan o‘qiydi. Qay birimizni fikrimiz ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki nomahram yolg‘iz qolishlari joiz emas. Hadisda: ومن كان يؤمن بالله واليوم الآخر فلا يخلون بامرأة ليس معها ذو محرم منها، فإن ثالثهما الشيطان “Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa, begona ayol bilan uning mahramlarisiz holi qolmasin. Chunki ularning  uchinchisi shayton bo‘ladi” deganlar. 
Imom Ahmad rivoyati. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 17:48 | Savol-javoblar | 195 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar