elektron tijoratdagi muammolar

assalomu alaykum. alloh gunohlaringizni mag‘firat etib, dinimiz uchun qilayotgan harakatlaringizga yanada barokotlar yog‘dirsin.savolim: 1) men torg .uz saytiga o‘xshash sayt ochsam va u erda foydalanuvchilar o‘zlarining tovarlarini sotsalar. ular orasida o‘z tovari sifatida ayollarning ochiq kiyimlarini (mn: kalta yubkalar), erkaklarning avratlarini ko‘rsatadigan kiyimlari, tarkibida shubha bo‘lgan taomlar qo‘yishadigan bo‘lsa, bu tovar shu saytda turganligi/sotilganligi sababli va u tovarlar ishlatila boshlaganda tarqaladigan fasod sababidan gunoh bo‘ladimi sayt egalariga?2) ba‘zi saytlarda (mn: biznes hamkorlik, studentlar birlashmalari) foydalanuvchilar kim bilan gaplashayotganlarini bilib turishlari uchun uning rasmlarini ko‘rishga muhtojlik sezadilar. shu sababidan qo‘yilgan sayt egalari foydalanuvchilar o‘z rasmlarini qo‘yish uchun joy ajratib qo‘yadilar (avatar). ushbu joylarga foydalanuvchilar tomonidan qo‘yilgan rasmlar ko‘p hollarda shariatga togri kelmaydi (asosan qizlarda). shu rasmlar saytda turganligi va u boshqalar tomonidan ko‘rilganligi sababli sayt egalariga gunoh bo‘ladimi?javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Noshar’iy narsalarni boshqalarga targ‘ib qilishga qay tomondan bo‘lishiga qaramay, ruxsat yo‘q.

6 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 153 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar