Birovni haqqini ado qilish uchun

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin! Davlat tashkilotida ishlayman har xil xolatlarda kimnidur haqqini eb qo‘ygandurman yoki birorta sheriklarimizdan zarurat tufayli pul olgan bo‘lsak esimizdan chiqib qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Allohni yo‘lida exson qilib shu bizda boshqalarni qolib ketgan haqqiga savobini bag‘ishlasek bo‘ladimi? Bo‘ynimizdagi qarzdan qutilgan bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Haq egasini qidirib topishingiz kerak. Hozir bir odamni topish qiyin bo‘lmay qolgan. E’lon qilasizmi yoki boshqa yo‘lini qilasizmi topishingiz kerak. Agar hamma choralarini qilgandan keyin ham topilmasa savob umid qilmasdan o‘shalar nomidan faqir-miskinlarga sadaqa qilasiz. Qachon haq egalari topilganida o‘sha haqni ado qilib roziligini olasiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar