Pubg uyinidan tushgan pul, Xalolmi?

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda urfga kirgan yoxud juda kop yoshlar o‘ynaydigan o‘yin bor. Bu Pubg(Pubg Mobile) o‘yini. U xaqida tushuntirib o‘tsam: bu o‘yinda asosiy rol otishma, o‘yindagilarni xammasini o‘ldirib tirik qolish. Bu o‘yin shu darajada rivojlandiki butun dunyo bu o‘yinni o‘ynab "YuTUB" da Strim(pryamoy efir) qilib kelmoqda. Ya’ni strim qilayotgan kishi o‘yinini o‘ynayveradi va xoxlagan odam esa uni yutubda tomosha qiladi(uyinini). Va shu o‘ynagani uchun odamlar pul(donat qilishadi) tashlashadi sovg‘a sifatida. Mana shunday pul topish, yoki Yutubdan yoxud kanalidan tushgan pul(Yutubda Kanal a’zolari 1000 ta bo‘lsa pul to‘laydi) u pul xalolmi? 2. Odamlar tomonidan shu uyin uynagani uchun pul tashlansa, u pul xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ibnul Qoyyim rahmatullohi alayh “Vaqtni zoe qilish o‘limdan ham battar, chunki o‘lim insonni dunyo va uning ahlidan uzsa, vaqtni zoe qilish Allohdan va oxirat hovlisidan uzadi” deganlar. Bu o‘yin ayni shu vaqtni zoe qilishga kiradi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 06:56 | Savol-javoblar | 192 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar