Gunohkor emasmanmi?

Assalomu alaykum! Yaqin kunlarda do‘stlarim bilan bir masala yuzasidan tortishib qoldik. Men bir gunoh ishni qilishlikdan qaytardim, lekin shu qaytarish vaqtida ozgina qo‘pollikka yo‘l qo‘ydim. Shu savol javoblar bo‘limida sigaret haqida bir yigit savol bergan "o‘rtoqlarim bilan bir joyda o‘tirib osh eymiz va shu xonada o‘rtoqlarim sigaret chekishadi o‘sha sigaret chekiladigan joyda o‘tirsam bo‘ladimi yoki u erdan chiqib ketishim kerakmi?" degan savolga "3-4 kishi chekmaydiganlar bir bo‘lib o‘sha chekadigan kashandalarni xonadan chiqaringlar deb javob berilgan" shuni yuborganimdan keyin tortishuv kelib chiqdi. Lekin aynan gunoh qilayotgan do‘stlarimning yoki ularga tegishli bo‘lgan belgilarni aytmadim. Bir ahli ilm insondan so‘rasam siz haqsiz, lekin hal qilib bo‘lingan masalada mujohadaga kirishganingiz uchun gunohkor bo‘lishingiz mumkin dedi. Ustozlar men noto‘g‘ri ish qildimmi? Gunohkor bo‘ldimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qo‘polligingiz uchun gunohkor bo‘lishingiz mumkin. Aslida bunday to‘planishlar qanday bo‘lishini Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi:  لاَّ خَيْرَ فِي كَثِيرٍ مِّن نَّجْوَاهُمْ إِلاَّ مَنْ أَمَرَ بِصَدَقَةٍ أَوْ مَعْرُوفٍ أَوْ إِصْلاَحٍ بَيْنَ النَّاسِ وَمَن يَفْعَلْ ذَلِكَ ابْتَغَاء مَرْضَاتِ اللّهِ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا۝ 114. Ularning ko‘plab maxfiy suhbatlarida yaxshilik yo‘q, sadaqaga, ma’rufga va odamlar orasida islohga buyurgan kishigina bundan mustasno. Kim buni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga buyuk ajr berurmiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 07:29 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar