Shomga yaqin asr o‘qish

Assalomu alaykum! Men 11-sinf o‘quvchisiman. Maktabda 2-smenman, uyga soat 5ga yaqin kelyabman. Shom kirishiga 3daqiqa qolgan bo‘ladi va men asr o‘qiyveraman. Qaerdadir domla maruza qilganlarida asrni 1rakat o‘qib quyosh botsa namozni davom ettiraveradi deb eshitganman. To‘g‘ri ish qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz asrni unchalik darajada kechiktirmang. Maktabning yonida birorta odamdan iltimos qilsangiz 4 daqiqaga namoz uchun jon deb ruxsat beradi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar