Sirka haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin! Ovqatlanganimizda ovqatimizga sirka qo‘shib eyish sunnat amalmi? Bu haqda hadis rivoyat qilinganmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عن طَلْحَة بْن نَافِعٍ ، أَنَّهُ سَمِعَ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللهِ ، يَقُولُ : أَخَذَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِيَدِي ذَاتَ يَوْمٍ إِلَى مَنْزِلِهِ ، فَأَخْرَجَ إِلَيْهِ فِلَقًا مِنْ خُبْزٍ ، فَقَالَ : مَا مِنْ أُدُمٍ ؟ فَقَالُوا : لَا إِلَّا شَيْءٌ مِنْ خَلٍّ . قَالَ : فَإِنَّ الْخَلَّ نِعْمَ الْأُدُمُ . قَالَ جَابِرٌ : فَمَا زِلْتُ أُحِبُّ الْخَلَّ مُنْذُ سَمِعْتُهَا مِنْ نَبِيِّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ . وقَالَ طَلْحَةُ : مَا زِلْتُ أُحِبُّ الْخَلَّ مُنْذُ سَمِعْتُهَا مِنْ جَابِرٍ رواه مسلم Tolha ibn Nofe’dan rivoyat qilinadi: 
U Jobir ibn Abdullohning: “Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘limdan ushlab uylariga olib bordilar. U zotga to‘rg‘am non chiqarildi. “Udum(non xurush, ya’ni nonga qo‘shib eyiladigan narsa)dan biror narsa yo‘qmi” dedilar. “Sirkadan boshqa narsa yo‘q” deyishdi. U zot “Sirka qanday ham yaxshi non xurush” dedilar” deyayotganlarini eshitdim. Jobir: “Men bu so‘zni Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan eshitganimdan beri sirkani yaxshi ko‘radigan bo‘ldim” dedi. Tolha aytadi “Men uni Jobirdan eshitganimdan beri sirkani yaxshi ko‘radigan bo‘ldim”. 
Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 156 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar