Hayot bo‘lgan ota-ona nomidan ro‘za tutish

Assalomu alaykum! Allohga shukur ota onam hayotlar. Ammo ular kasalliklari sabab doimiy ravishda dori darmon ichib turishlari shart. Shu sababli ota onamga savobi tegishi uchun o‘z hohishim bilan ular nomidan ro‘za tutib bersam bo‘ladimi? Javob uchun Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ular tutib ko‘rishlari kerak edi. Agar ular tutishga qodir bo‘lsalar zimmalariga tutish farz bo‘lib, qoldirganlarini hammasining qazolarini tutib beradilar. Hozir tutishga qodir bo‘lmay, qishning qisqa kunlarida tutib bera olsalar o‘shanda bo‘lsa ham qazolarini tutib berishlari farz. Mabodo umrining oxirigacha tuzalmaydigan kasal bo‘lsalar ro‘zaning fidyasini berishlari farz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:52 | Savol-javoblar | 154 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar