takbiri taxrima
"Ixtiloflar xakida"kitobingizni ukib chikdim.U kitobdagi rivoyat va xadislarda Alloxu akbar deb kulini elkasi barobar kutardi deyilgan.Takbir aytganda barmoklarni kulokning yumshigiga tekkazish xakida xech narsa deyilmagan.Kulogning yumshogiga tekkazish kanday kelib chikkan?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Namozxon namozni boshlashni iroda qilsa, hamza va boni cho‘zmasdan takbir aytib, ikki bosh barmog‘ini quloqlarining yumshoq joylariga tekkizadi. Namoz o‘qishni niyat qilgan odam «Allohu akbar!»ning «Alloh» va «akbar»dagi «A»ni va «akbar»dagi «b»ni cho‘zmasdan takbir aytadi. Takbirni tik turib qiblaga qaragan holda aytish shart. O‘tirgan holida aytib keyin tik tursa bo‘lmaydi. Kelganda, imom ruku’da turgan bo‘lsa, u ham engashib olib takbir aytsa bo‘lmaydi. Ammo takbir aytayotganda qomati tik turganga yaqin bo‘lsa, bo‘ladi.Imom takbirni ovoz chiqarib aytadi.Iqtido qiluvchining takbiri imomnikidan oldin tugamasligi lozim.Takbir aytish bilan barobar ikki qo‘lning bosh barmoqlari uchi quloqlarning yumshoq joylariga tekkiziladi. Bu amallarning hujjatlari quyidagilar.Imom Muslim Voil ibn Hujrdan rivoyat qilgan hadisda u kishi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning namozga kirishda takbir aytib qo‘llarini ko‘tarib quloqlari bilan bir safga keltirganlarini ko‘rgani aytilgan.Imom Ahmad, Ishoq ibn Rohovayh, Dora Qutniy va Tohoviylar Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon namoz o‘qisalar ikki qo‘llarini bosh barmoqlarini quloqlari barobariga ko‘tarar edilar», deyilgan.Imom al-Hokim va Dora Qutniylar Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni takbir aytib, ikki bosh barmoqlarini quloqlariga ko‘targanlarini ko‘rdim», deyilgan.Qo‘llarni ko‘tarilganda barmoqlar oddiy holatda tutilib ichki tarafi qiblaga qaratiladi. Ya’ni, barmoqlarning orasini o‘ta yozib ham yuborilmaydi yoki juftlab ham olinmaydi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning namozlari haqidagi Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda shu narsa ta’kidlangan.
21 Aprel 2022, 12:09 | Savol-javoblar | 171 | Boshqa ibodatlar