Bugalteriya soliq
Assalomu alaykum! Abdulmannon Abdulloh domlaning suhbatlaridan birida hukumat xalqiga solgan soliqiga itoat qilish vojibligi haqida bilib oldik. Soliq adolatli bo‘lsa undan qochish ya’ni to‘lamaslik qiyomatda qarzdor bo‘lishiga olib kelar ekan. Ma’lumki hisobchi (bugalter) korxona daromadining xisobotini hukumatga topshiradigan hodimdir. Soliqdan qochish uchun esa hisobchi korxona daromadini kamaytirgan holda hukumatga taqdim etadi. Savolim shundan iboratki, soliqdan qochadigan korxonalarda hisobchi (bugalter) bo‘lib ishlash joizmi? Shunda hisobchi ham korxona rahbari bilan qarzdor bo‘lgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishga sababchi bo‘lgan kishilarning hammasi javobgar bo‘ladi, jumladan hisobchi ham. Shuning uchun ham adolatli soliqlarni to‘lash kerak. Bunday soliqlarni to‘lamaydigan korxonada ishlamaslik kerak. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat