Fatvo bergan bo‘lamanmi?
Assalomu alaykum! Muhtasar qilib aytganda fatvo berish hammaga ham emas. Bu haqida ko‘p hadislardan misol keltirish mumkin lekin mo‘minning mo‘min ustidagi 6ta haqqi haqida eshitganimda bularning ichida biror masala bo‘yicha so‘rab kelsa no‘g‘ri maslahat berib jo‘natish ham bor edi. Hurmatli ustozlar hozirgi zamonamizda o‘zidan sal ilmliroq, namoz o‘qeydigan odamlarga hamma ko‘p savollar berishadi meni o‘zimda ham shunday. Uydagilarim, do‘stlarim, namoz o‘qimaydigan birodarlarim din bo‘yicha ko‘p savollar berishadi. O‘sha narsani bilsam ham bir nima deyishga qo‘rqaman lekin o‘sha bilganimni aytmasam u insonga juda zarur masala bo‘ladi. Ularga mendan ilmliroq odamdan so‘rang degim keladi lekin hech birlari masjidni imomiga yoki boshqa boshqalarga borib savol bera olmaydilar shunchaki meni yaqin olib uyalmasdan so‘ray olishadi boshqalardan so‘rashga esa uyalishadi. Javob bermasam har xil yomon ma’noda ham tushunishlari mumkin. Nima qilishni bilmay oxiri qaysidur joyda o‘qigandim shunday deb yoki eshitgandim degan so‘zlar bilan javob qaytaraman. Bunday holatlarda qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dalilsiz gapirmang. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 150 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dalilsiz gapirmang. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 150 | Islam