Burun oqib turganida namoz o‘qish

Assalomu alaykum! 15 yildirki allergiya kasali bilan og‘riyman. Qattiq allergiya paytim burnimdan tinimsiz suv oqadi. Namoz boshlagan holatim o‘tirgan holatda boshimni osmonga qilip o‘qiyman. Burnimdagi suv ichimga ketishi uchun bunday holatda namoz o‘qisa mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Elkangizga biror dastro‘mol tashlab olib yoki qo‘lingizga ushlab olib suv kelganida artib-artib o‘qisangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:06 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar