Odamlarni da’vat qilsa yuz o‘giradi
Assalomu alaykum! Ramazon ro‘zasin tutmaganiga yarasha gunoxlardan tiyilmay aroq ichib kayf qilib yurgan birodarlarimizga nima maslaxat berasiz? Men aytganim bilan quloq solishmaydi og‘ir gunox bo‘ladi desam o‘zimiz javob beramiz aqllilik qilma deyishadi, oralarida 40-50 yoshlilari xam bor. Iltimos ularni xukmi qanday bo‘ladi ularga nima degan bo‘lardingiz? Aksiga olib masjidga xam bormagan insonlar ular do‘stlarim bo‘ladi tushintira olmayapman...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni orasida ota-onasi o‘tganlari bordir shunday ulug‘ kunlarda ham ularni eslab, namozlarida, ro‘za tutib iftorliklarida haqqiga duo qilmaydigan farzand oq bo‘lgan farzand hisoblanadi. Hali xor bo‘lib o‘lib ketib qabrida qaqshab yotganida biladi. Afsus unda kech bo‘ladi. Javobni xohlasa ham xohlamasa ham beradi, o‘sha javobi oson bo‘lishini xohlaymizda. Biz ularga yaxshilikni xohlasak ham ularni g‘ashi keladigan bo‘lsa Xudo urib qo‘ygani shu bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كُلُّ أُمَّتِي يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ إِلَّا مَنْ أَبَى قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ وَمَنْ يَأْبَى؟ قَالَ: مَنْ أَطَاعَنِي دَخَلَ الْجَنَّةَ وَمَنْ عَصَانِي فَقَدْ أَبَى. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ummatimning barchasi jannatga kirar, lekin bosh tortganlargina kirmas», dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, kim bosh tortadi?» deyishdi.
«Kim menga itoat qilsa, jannatga kiradi, kim menga osiy bo‘lsa, bosh tortgan bo‘ladi», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Sharh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam musulmon odamning jannatga kirishi uning u zotga itoat qilishiga bog‘liq ekanligini ta’kidlamoqdalar.
«Ummatimning barchasi jannatga kirar, bosh tortganlarigina kirmas».
Ya’ni «Ummatimning kirishdan bosh tortganlaridan boshqa hammasi, albatta, jannatga kiradi», demoqdalar. Bundan ajablangan sahobalar:
«Ey Allohning Rasuli, kim bosh tortadi? Jannatga kirishdan bosh tortgan odam ham bo‘ladimi», deyishdi. Bu savolga javoban, u zot sollallohu alayhi vasallam:
«Kim menga itoat qilsa, jannatga kiradi, kim menga osiy bo‘lsa, bosh tortgan bo‘ladi», dedilar.
Ya’ni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga itoatdan bosh tortish jannatga kirishdan bosh tortishga barobardir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga itoat qilish u zotning Sunnatlarini mahkam tutish bilan bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Sunnatlariga amal qilmagan odam esa u zotga osiy bo‘ladi. Demak, xulosa aniq:
Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Sunnatlariga itoat qilgan kishi jannatni topadi!
Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Sunnatlariga osiylik qilgan kishi do‘zaxni topadi! ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom