Alimentdan zakot berish

Assalomu alaykum! Qo‘shnim otasidan aliment oladi. U 17 yoshda o‘sha alimentdan zakot beradimi yoki yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakot bu moliyaviy ibodat bo‘lib, uni ado qilish nisob egasiga farz bo‘ladi. Zakotning nisobi - 85 gramm va undan ortiq oltin yoki uning qiymatiga ega bo‘lgan mablag‘ yoki mulkdir. Shuningdek, u bir yil shunday turishi kerak. Shunda uning qirqdan birini zakot qilib beradi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:27 | Savol-javoblar | 131 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar