Qobil va Xobil

Assalomu alaykum! Men yaqinda Qobil va Xobil xikoyasini eshitib qoldim. Aytilishicha qotil aka birinchi bo‘lib odam o‘ldirgani uchun, qiyomatgacha kim shu ishni qaytarsa gunoxi unga xam yozilib borar ekan. Men xam savobdan umid qilgan xolda , "Alloh roziligi uchun, muxtoj bo‘lsangiz oling yoki siz xam muxtojlarga bering" deb yozib, masjid ko‘chasidagi devorga kiyimlarni ilib qo‘ymokchiman. Savolim: men ayol kishiman, xech kimdan so‘ramasdan(masjid imomi, umr yo‘ldoshim), aytmasdan bu ishni qilsam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 165 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar