Mashinani nasiyaga sotib naqda qaytarib olish

Assalomu alaykum! Men mashinamni bir kishiga 3oy muddatga 6000dollorga nasiyaga sotdim. Keyin o‘sha mashinani o‘zim 5000dollar naqt pul berib sotib oldim. Endi u odam 3 oydan keyin menga 6000dollar beradi. Shu ish to‘g‘rimi? O‘sha odam boshqa odamga sotsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilish joiz emas. Bu ayni sudxo‘rlik bo‘ladi. أَبِى إِسْحَاقَ عَنْ أُمِّهِ الْعَالِيَةِ قَالَتْ خَرَجْتُ أَنَا وَأُمُّ مُحِبَّةَ إِلَى مَكَّةَ فَدَخَلْنَا عَلَى عَائِشَةَ فَسَلَّمْنَا عَلَيْهَا فَقَالَتْ لَنَا مِمَّنْ أَنْتُنَّ قُلْنَا مِنْ أَهْلِ الْكُوفَةِ فَكَأَنَّهَا أَعْرَضَتْ عَنَّا فَقَالَتْ لَهَا أُمُّ مُحِبَّةَ يَا أُمَّ الْمُؤْمِنِينَ كَانَتْ لِى جَارِيَةٌ وَإِنِّى بِعْتُهَا مِنْ زَيْدِ بْنِ أَرْقَمَ الأَنْصَارِىِّ بِثَمَانِمِائَةِ دِرْهَمٍ إِلَى عَطَائِهِ وَأَنَّهُ أَرَادَ بَيْعَهَا فَابْتَعْتُهَا مِنْهُ بِسِتِّمِائَةٍ نَقْدًا قَالَتْ فَأَقْبَلَتْ عَلَيْنَا فَقَالَتْ بِئْسَمَا شَرَيْتِ وَمَا اشْتَرَيْتِ فَأَبْلِغِى زَيْدًا أَنَّهُ قَدْ أَبْطَلَ جِهَادَهُ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم Abu Ishoq o‘z ayolidan rivoyat qiladi: Oysha roziyallohu anhoning xuzurlariga bir necha ayollar kirishib ulardan biri : “Ey mo‘minlarning onasi mening bir cho‘rim bor edi, uni ma’lum bir muddatga 800ga Zayd bin Arqamga sotdim. So‘ng 600 evaziga undan qayta sotib olib, 600ni naqd berdim. 800ni unga qarz deb yozib qo‘ydim" dedi. Shunda Oyisha onamiz “Allohga qasam, sotib olishing ham yomon bo‘libdi, uning sotib olishi ham yomon bo‘libdi. Zayd ibni Arqamga ham etkazib qo‘y, agar tavba qilmasa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga qilgan jihodlarini botil qilibdi” dedilar.
Musannaf Abdurrazzoq
Lekin nasiyaga sotib olgan kishi sotuvchidan boshqaga naqdga arzonroq narxga sotsa ham joiz. (Buxus fi qodoi fiqhiya mu’osiroh). Vallohu a’lam!

6 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar