Pora hisoblanadimi?
Assalomu alaykum Hazrat!Men ishlaydigan joyda meni vazifamga kirmaydigan (ilgari o‘sha ish meni vazifamga kirgan), hozirda boshqa ishchi o‘sha ishni qiladi. Lekin o‘sha ishchi boshliqlarni topshiriqlari bilan yoki betoblikmi, hizmat safarimi, mexnat ta’tilimi sababli ish joyida bo‘lmasa, men uni ishini qilaman.Endi o‘sha qilinadigan ishni aytsam, halqaro plastik kartalarni embosatsiya qilish ya’ni maxsus qurilma yordamida plastik kartani chop etish. Bizni tashkilotni boshqa filiallari ham o‘sha plastik kartalarni bizning filialdan olib ketishadi. Ya’ni Farg‘ona vodiysida faqat bizning filial plastik kartalarni chop etadi. Men vazifamga kirmaydigan ishni bitirsam, ba’zan pul berishadi. (Boshqa filial xodimlar berishadi o‘sha pullarni).Bu pullar menga halol bo‘ladimi? Menga pora bergan bo‘lib qolmaydimi? Pul bermasa ham ishni bitirib beraman. Lekin bo‘sh vaqtim bo‘lmasa o‘sha ishni qilish menga ma’lol keladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qilgan ishingiz uchun berishsa, halol.
6 May 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qilgan ishingiz uchun berishsa, halol.
6 May 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat