Topilgan daromad halol bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Dugonam tadbirkorlikni menga taklif qilmoqda, o‘ylanib qoldim. Topilgan daromad halol bo‘ladimi yoki harom bo‘ladimi? Dori sotib olinadi pulga(dori juda ham foydali, hamma ma’lumotlarni internet tarmoqlari orqali o‘qib chiqdim), 3 kun dars o‘tilarkan, dars davomida qanday qilib odamlarni shu dorini olishga ishontirish haqida dars bo‘larkan. O‘zim 2 ta odam topib, ularni o‘zimni nomimga yozdirib qo‘yarkamman, har bir odam uchun 3,5$ daromad kartochkaga tusharkan. Topgan odamlarim ham odam topishadi, ulardan ham shu miqdorda pul tushadi. Misol qilib tushuntirganimda, daraxt bo‘lsam, mendan chiqqan har bir ildizdan menga 3,5$ pul kartochkamga tushadi. Bu tadbirkorlikdan tushadigan pul qanday pul bo‘ladi? Javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday usulda savdo qilish shar’an halol emas. Tarmoqli marketing deb yozib izlash xizmatidan foydalaning. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat