Qiyinchilik

Assalomu alaykum! Payg‘ambarlarimizga ham juda katta sinovlar va qiyinchiliklar kelgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga bularning eng qiyinlari kelganiga qaramay qiyinchiliklardan chiqishni o‘rgangan ekan. “Qiyinchilikka qiyinchilik deb emas, dardga dard deb emas, balki nihoya deb qarab nihoyasiga intilish kerak” degan ekan. Bunday hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Musulmonlarda e’tiqod qilinishi farz bo‘lgan bir e’tiqod bor. Bu taqdirga rozi bo‘lish va yaxshilik va yomonlik Allohning taqdiridan deb bilishdir. Albatta bu chorasini ko‘rmaslik yoki davolatmaslik kerak degani emas. Aksincha savobini umid qilib, uning ortida ham bir yaxshilik bor ekanligini umid qiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:54 | Savol-javoblar | 160 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar