Taqdir haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Bir birodarim “Ali roziyallohu anxu aytgan taqdir bu qorong‘u ko‘cha, unga kirsang adashib qolasan. Shu xadisni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan ekanlar deganlar” dedi. Men bu xadisni izlab topa olmadim. Biz yashab turgan shaxar boshqa davlatda bu joylarda diniy kitoblarni topish qiyin. Iltimos shunday yoki shunga o‘xshash xadis bormi? Menga shu xadisni aytib boriga qanoat qil dedi. Men tijorat bilan shug‘ullanaman, ishsiz yoki sharoiti og‘ir insonlarga xar xil bizneslarni o‘rgataman. Lekin shu so‘zlarni aytgan inson “menga keragi yo‘q” deb javob berdi. Mening fikrim, biz musulmonlar dinni arkonini ushlab, qolgan dunyoviy arkonlarni tashlab qo‘ydik. Evaziga dinsizlar qolgan arkonlarni maxkam ushlab, dunyoda etakchi o‘rinlarga chiqib ketdi. Yoki mening fikrim noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz u gapni o‘qimagan ekanmiz. Siz to‘g‘ri aytibsiz. Imom Muhammad fiqhni tadvin qilib chiqqanlaridan so‘ng u kishidan zuhd, ya’ni tasavvuf haqida kitob yozmaysizmi deb so‘rashdi. Shunda u zot “Men bu borada bay’ kitobini yozib qo‘yganmanku” dedilar. Bu javobdan u zotning maqsadlari “Men halol va haromga tegishli hukmlarni yozdim. Bundan odamlar oldi-berdi qilayotganlarida ular halol va haromni qanchalar ajrata olishlari, tilla, kumush va mol dunyoning oldiga kelganida taqvosi qanchaligi yoki pastkash va ta’magirligi qancha ekanligi ma’lum bo‘ladi” deganidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Haromdan saqlangin, shunda insonlarni eng ibodat qiluvchisi bo‘lasiz. Alloh sizga taqsim qilgan rizqiga rozi bo‘ling, shunda insonlarning eng boyi bo‘lasiz” deganlar. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 14:36 | Savol-javoblar | 189 | Aqiyda