Qazo nomozi haqida

Assalomu alaykum! Ishxonamizda asr namozini o‘qib bo‘lgach, qazo bo‘lgan asr namozlarimdan birini o‘qiyotgan vaqtimda bir kishi asr namozini o‘qish uchun kelib menga iqtido qilib namozini o‘qidi. Shu holatni hukmi qanday? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha kishi qayta o‘qiydi. Qoida : Bir farzni o‘qiyotganga boshqa farzni o‘quvchi, nafl o‘qiyotganga farz o‘quvchi, qazo o‘qiyotganga ado(o‘sha namozni o‘z vaqtida o‘qiyotgan) o‘quvchi, sohibi uzrga sog‘lom, tajvidi bo‘lmaganga tajvidi bori iqtido qilishi joiz emas. Iqtido qilsa ham namozi ado bo‘lmay qayta o‘qishi shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:50 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar