Hidoyat haqida
Assalomu alaykum! Ma’lumki Alloh O‘z sevgan bandalariga xidoyat beradi. Insonlar xam qaysidir odamlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlasada, lekin Alloh uning qalbiga xidoyat bermasa xamma urinishlar befoyda. Aytingchi Alloh qanday insonlarga xidoyatini beradi va bunda qandaydir bir belgilar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Shuuro" surasida marhamat qiladi: اللَّهُ يَجْتَبِي إِلَيْهِ مَن يَشَاء وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَن يُنِيبُ 13... Alloh O‘zi xohlagan kishini tanlab olur va O‘zigagina tavba qiluvchi kishini hidoyat qilur.
Alloh taolo O‘zining ushbu qadimiy qoidasi asosida seni, ey Muhammad (sollallohu alayhi vasallam), O‘zining oxirgi payg‘ambarligiga tanlab oldi va O‘ziga iltijo qilgan baxtiyor bandalarini hidoyatga solib, mo‘min-musulmon qildi. Allohga iltijo qilishdan bosh tortib, sarkashlik qilganlar esa zalolat botqog‘iga botib qolaverdilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 15:20 | Savol-javoblar | 154 | Islam