Qalbdagi o‘zgarishlar
Assalom Alaykum ustozlar! Meni qalbimda bo‘lib turgan hodisalardi qisqaroq qilib sizlarga aytib bermoqchiman men o‘zimdi umuman tushunmayapman Go‘yoki men 2 ta odam bo‘lib qolganga o‘xshayapman 1 tasi tavba qiluvchi 2 chisi gunohdi tark etmaydigan osiy odam tashqi jasadim gunoh ishdi qilib qo‘yyapti ichim esa darrov nadomat qilyapti bu gunoh uchun endi qimiman gunohdi solihlarga o‘xshab Allohdi aytganini qilib yashayman diyapti lekn bunga jasad boysinmayapti gunoh qilib qo‘yapti lekn gunohkor jasadim ham qalbimga hukmini o‘tkazishga kuchi etmayapti qalbim bilan xohlab gunoh qilganim yo‘q Lekn qalbimni ham gunohkor jasadimga kuchi etmayapti baribir gunoh qilib qo‘yapti Qalbim tavba qilishdan to‘xtamayapti jasadim esa gunoh qilishdan men ibodat yo‘liga kirganimda hech nimani bilmasdim yani nomoz o‘qishdi ham yaxsh bilmasdim zikir istig‘for aytishdi ham bilmasdim xullas Dinim haqida hech nima bilmasdim keyin Alloh yordam berib sekin sekin Dindi urganishdi boshladim masalan kuniga 1 zikr yoki duo urgansam o‘zimdi zinapoyadan 1 pog‘ona ko‘tarilgandek his qilardim shu paytgacha doim 1 pog‘ona ko‘tarilib keldim endi esa o‘sha zinadan kuniga 1 pog‘ona pastlab borayotganga o‘xshayapman kuniga zikrlarim ibodatlarim kamayib boryapti vaqtimda baraka yo‘qolib boryapti hatto hech nima ish qilmasdan uyda bekorchi bo‘lib qoganimdayam dindan biror nima o‘rganishga vaqtim etmayapti Munofiqlarga o‘xshab qomayapmanmikan har bir qigan ishimda riyo borga o‘xshayapti shaytondi vasvasasida qolib ketdim Oldin Domlalardi maʼruzasini eshitib unga amal qilardim xozr ham butun qalbim bilan maʼruzalardi eshitaman maruza tugaguncha gunohlarimdi eslab Allohga osiy bo‘lib turganimdi eslab tavba qilaman maruza tugashi bilan yana vasvasalar boshlanadi dunyo haqida o‘ylar keladi bu holatdan chiqishim uchun Eng birinchi Allohdan yordam so‘rayman keyin esa sizlarni ham maslahatlariz ham kerak Qalbni davolash nafsni poklash haqida yozilgan manbalari sahih bo‘lgan qaysi kitoblarni o‘qishni maslahat berasizlar kitob o‘qigim kelyapti lekn qaysi kitobdi o‘qishdi bilmayapman iltimos maslahat beringlar Alloh rozi bo‘lsin hammamizdan!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Ruhiy tarbiya” kitobini o‘qing. Atrofingizdagi insonlarning ham sizga ta’siri bo‘lmay qolmaydi. Iloji boricha fosiqlardan uzoq yuring, solihlar suhbatida bo‘ling. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 162 | Ruhiy tarbiya
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Ruhiy tarbiya” kitobini o‘qing. Atrofingizdagi insonlarning ham sizga ta’siri bo‘lmay qolmaydi. Iloji boricha fosiqlardan uzoq yuring, solihlar suhbatida bo‘ling. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 162 | Ruhiy tarbiya