Nonvoylar ro‘zasi

Assalomu alaykum! Man novvoy oilasiga katta bo‘lganman va biz har kuni qariyb obedgacha non pishiramiz. Biz juda issiq joyda ishlaganimiz va tandirni ichiga kirib non yopganimiz uchun ro‘za tutolmaymiz. Harorat yuqori doim. Tez suvsaymiz harakat qilamiz ko‘p va och qolamiz. Shu sababdan ro‘za tutolmaymiz. Buni chorasi bormi? Ya’ni ro‘za tutishni. Islomda ro‘za farz qilingan. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta chorasi bor. Bir oy ro‘za tuta oladigan darajada ishlab, qolganiga dam olib 11 oy o‘sha bir oy uchun tayyorgarlik ko‘rasizlar. Bu uzrga o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 15:42 | Savol-javoblar | 149 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar