Namozda yiglash!

Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Kitoblarimizda namozda dune ishi uchun ovoz chikarib yiglash namozni fosid kiladi deyilgan.Oxiratni,jannat va duzaxni,Alloxni azobini eslab namozda ovoz chikarib xam yiglasa bularkan.Meni savolim diynga,Alloxga,Paygambar sallalloxu alayxi va sallamga boglik boshka narsalarni eslab,ovozli yigi kilsa buladimi?Masalan Alloxni kudratini,atrofdagi narsalarni zur xikmat bilan yaratgani,shaxsan menga bergan dune va uxroviy ne‘matlarini,Rasulullox sallalloxu alayxi va sallamni kattik bemor bulganliklaridan,xatto isitmalaganlarida xaroratlari kurpalarini ustidan bilinganligidan eki kattik boshlari ogriganda dori yukligidan bir saxobiy roziyalloxu anxudan ogrikni kamaytirish uchun boshlarini bir mato bilan boglashni suraganliklaridan ezilib,u Zot alayxis salomga va asxoblari roziyalloxu anxumga mushriklar etkazgan ozorlardan kuyinib,boshka solix insonlar xaetidan eslab namozda ovoz chikarib yiglash,namozni fosid kiladimi?Javoblar uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oxirat ishidan boshqa sabab ila ovozli yig‘i namozni buzadi. Agar oxirat uchun namoz ichida ovoz chiqarib yig‘lansa, namoz buzilmaydi. Buning dalili quyidagicha:Mutorrifdan, u otasidan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdim. Ko‘ksilaridagi yig‘idan tegirmonning yoki qozonning ovoziga o‘xshash ovoz chiqib turar edi».Ikkovini «Sunan» egalari rivoyat qilishgan.Musiybat tufayli ovoz chiqarib yig‘lasa, namozi buziladi.

27 May 2022, 02:03 | Savol-javoblar | 184 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar