Qarz xisoblanadimi?

Assalomu alaykum! Meni universitetda men bilan birga o‘qigan do‘stim bor. O‘qib yurgan paytlarimizda xam bir birimizga pul kerak bo‘lsa berib turardik va qaytib so‘ramaymiz. Mana xozirgacha shunday o‘rtamizda xisob kitob yo‘q. Pul kerak bo‘lsa beraman va qaytarsa olaman agar bermasa so‘ramayman u xam shunday. Berganlariga roziman. Xozir oramizda kim xaqdor kim qarzdor bilmayman. Savolim shuki qiyomatda bular xam xisob kitob qilinadimi agar kimdir qarzdor bo‘lib chiqsa savobidan berishga to‘g‘ri keladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Berishdagi niyatni to‘g‘rilab olish kerak bo‘ladi. Qarz deb berilgan bo‘lsa, qaytarish shart, hadya bo‘lsa qaytarish shart emas. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 16:47 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar