Ikki xotinga adolat’ qilish xaqida

Assalomu alaykum Ustoz.Ikki xotinga adolat qilish xaqida so‘ramoqchi edik men besh yildan beri bir kun bir kundan boraman oziq ovqat borasida bir xilda qilishga xarakat kilaman katta xotinimga aloxida uy solib berganman u erda odam ozchilik . ikkinchixotinim bilan ota onamning uyida yashaymiz uerda odam kopchilik shuning uchun u erga ko‘proq oziq ovqat olib boraman shu qilayotgan ishimda adolatga putur etmaydimi.Bazi birodarlar biz endi uylandik siz anchadan beri ikki xotin bilan yashamoqdasiz .Qanday qilsam adolat qilaman deb mendan so‘ramoqdalar men o‘zim yaxshi bilmaganimdan domladan so‘rayman dedim.Bergan savolimda o‘zim bilishligim uchun va boshqa birodrlarimga xam foyda bo‘lish uchun bu savolni yozdim.Savolda xatolik bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kimning ikkita xotini bo‘lsayu, ulardan biriga moyil bo‘lsa, qiyomat kuni bir tomon moyil (falaj) bo‘lgan holda keladi», dedilar».Ikki xotinli bo‘lish ham oson emasligi ushbu hadisi sharifdan ko‘rinib turibdi. Ikki xotinlik bo‘la turib, ulardan biriga yaxshi qarab, boshqasiga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lsa, qiyomat kuni ahvoli og‘ir kechar ekan. Qiyomat kuni tanasining yarmi shol-falaj holida tirilar ekan. Xotinlardan biriga adolatsiz bo‘lishning jazosi ana shundoqdir.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xo-tinlari orasida taqsimni adolat bilan qilar edilar va: «Ey bor Xudoyo! Bu o‘zim ega bo‘lgan narsadagi taqsimim. Sen O‘zing ega bo‘lib, men ega bo‘l-magan narsada meni malomat qilmagin», der edilar».Ikkovini «Sunan» egalari rivoyat qilishgan.Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘z xotinlariga nafaqani, kiyimni, turar joyni, muomalani bir xil qilar edilar. Shu bilan barobar, ko‘ngil ishiga kelganida o‘zlarining xohishlaridan tashqari narsada kamchilik sodir bo‘lsa, Alloh taolodan kechirishini so‘rab turar edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdek zot shundoq bo‘lganlaridan keyin oddiy kishilardan ko‘pxotinlik bo‘lganlarning holini bilib olsa bo‘laveradi.Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taqsimda, oldimizda qolishlarida bizning ba’zimizni ba’zimizdan ustun ko‘rmas edilar. Hammamizning oldimizga kirib aylanib chiqmagan kunlari oz bo‘lar edi. Tegmasalar ham har bir ayolning yoniga kirib chiqar, navbat kuni kelganning oldida yotib qolar edilar».Abu Dovud, Ahmad va Buxoriy rivoyat qilganlar.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z xotinlari oldida navbat bilan yotar edilar. Lekin navbati kelgan onamizning hujralariga kirib yotishlaridan oldin boshqa onalarimiz oldilariga bir-bir kirib xabar olib, ko‘ngillarini olib chiqar edilar.

1 May 2022, 05:35 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar