O‘lgan odamning bolalariga meros beriladimi

Assalomu alaykum! Biz oilada 5 farzandmiz (4 o‘g‘il va 1 qiz). Yana bir singlim 22 yillar oldin olamdan o‘tgan va undan 2 farzand qolgan (1 o‘g‘il va 1 qiz). Bu ikki farzand otasi bilan qolgan va ular voyaga etganda onasidan qolgan barcha narsa berildi. O‘tgan yili otam(Alloh rahmat qilsin) olamdan o‘tdilar va ulardan men va onam yashab turgan uy qolgan. Otam qolgan aka singillarimni barchasini uyli joyli qilganlar. Yaqinda bu ikki jiyanimning otasi kelib mening bollarimga meros berasan deb davo qildi. Biz bu jiyanlarimga o‘lgan opamni merosini(ya’ni bu uydagi xaqqi) berashimiz shartmi? Ya’ni ota-ona o‘lgan qizlarini bolalariga (nabira) onasidan qolgan narsadan tashqari boshqa meros beradimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘il qiz turganda nabiralarga meros tugmaydi. O‘g‘il yo‘q faqat qizlar bo‘lsa bundan mustasno. Yaxshisi meros ilmini yaxshi biladigan biror ahli ilmning oldiga boringlar. Chunki sizlarni masalangizni surati juda ko‘p. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar