Kimnidir "Barcha davrlarning eng buyugi" deb atash

Assalomu alaykum! Kecha bir bahsli vaziyat sodir bo‘ldi. O‘rtog‘im bitta futbolchini G.O.A.T dedi (greatest of all time) — ya’ni, «Barcha davrlarning eng buyugi» deb atadi. Man hay hay, unday demagin bilib bilmasdan kimlargadir qo‘shilib dedim. Biroz inglizcha savollardan shu terminni ishlatilishi joizligigaga javob ola olmadim. Asosan siz sportda eng zo‘ri bo‘lsangiz sizga nisbatan shu termin ishlatiladi ekan. Lekin kimnidiri «Barcha davrlarning eng buyugi» deyish juda ham g‘alati. Ilmim kamligi sababli unga bunaqa terminni ishlatmasligini, bu haqida esa sizlardan so‘rashimni aytdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min kishi behuda narsalar bilan vaqtni sarf qilish o‘rniga o‘z ustida ishlashi, oilasi, qarindoshlari, dindoshlari uchun foydali inson bo‘lish uchun jiddu jahd qilishi kerak. Nimalar bilan o‘ralashib qolganingizga qarang. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ  Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar.
Sunani Dorimiy.
Agar o‘sha kishisi aytganiday bo‘lib chiqsamasa yolg‘onchi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:59 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar