Shartnoma bizilgandan keyingi holat

Assalamu alaykum va Rohmatullohi va Barokatuhu hurmatli shayx hazratlari men chamasi ikki yil avval paynet ochgan edim va mts bilayn u’ellar bilan shartoma tuzib ishlagan edim (diller edim) o‘sha paytlarda u’ell kompaniyasi dillerlar uchun alohida diller paketiga o‘tkazib bergan edi unda har oy 3000 daqiqa va sms tarmoq ichidigi chiqish qo‘ng‘iroqlari va 250mb internet bepul edi. Shuning uchun men u sim kartadan 2 dona olganman va ishlatganman. 1 yil o‘tgandan so‘ng men shartnomani bekor qilib paynetni yopdim hamma shartnomalarni qonuniy qilib berkitdim lekin mendagi sim kartaga hali ham har oy 3000daq sms internet lar kelmoqda va men buni ishlatayapman lekin menda shubha paydo bo‘lgan men birovning haqqini eb qo‘ymayapmanmi? - degan. tanishlarimdan so‘rasam ular hozir bizga hech qanday yuqorida keltirilgan narsalar kelmayapti uni kompaniya bekor qilgan deyishdi.Meni o‘ylashimcha u erda ushbu holat esdan chiqarilib qoldirilganmikan ?- lekin ular kompaniya bo‘lgani uchun har bir narsani aniq xisob-kitob qilishadi - degan fikr ham bor.shunga menga maslahat bersangiz agarda salbiy bo‘lsa uni kafforoti bormi?javobingiz uchun oldindan katta rahmat !Din yo‘lida qilayotgan ishlaringiz uchun Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz ularning o‘zlari bilan uchrashib masalani hal qiling. Ehtimol sizga o‘zlari rozi bo‘lib o‘tqazishayotgandirlar.

6 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 148 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar