Adashib birovni oyoq kiyimini kiyish

Assalomu alaykum! Allohim barchamizni O‘z panohida asrasin! Joriy yilning 11-yanvar’ kuni juma namozidan chiqqach bilmagan holda boshqa odamning (o‘zimnikiga o‘xshash) oyoq kiyimini kiyib ketibman. Buni kechga yaqin uyga borgach turmush o‘rtog‘im aytganidan bildim. Meni oyoq kiyimim deyarli yangi, adashib kiygan oyoq kiyim ham eski emas ekan. Endi nima qilsam bo‘ladi? Uni egasini topishim uchun nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Masjid xodimlariga murojaat qiling. Ular e’lon qilib topib berishadi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar