Masjidga borish haqida

Assalomu alaykum! Men ayol kishiman. Turmush o‘rtog‘im bilan Rossiyada ishlash uchun kelganmiz. Juma kunida turmush o‘rtog‘im bilan birga masjidga juma namoziga borishim mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa men imomga iqtido qilmasdan faqat peshin namozini o‘zim o‘qiymanmi. Bir marta birga bordim. Ayollarni iqtido qilib juma namozini o‘qiganlarini ko‘rdim. Bizni mazxabimizda qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imomga iqtido qilib o‘qiyverasiz. Ikki rak’at juma o‘qiysiz. Bir narsaga e’tibor bering. Siz ayollar tarafida bo‘lishingiz shart. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar