Chet eldan pul to‘lash
Assalomu alaykum hurtamli Ustoz.Savolim quyidagicha: men hozirda chet eldaman va do‘stimning ma‘lum bir harajati uchun men yashab turgan o‘lkadagi ma‘lum bir o‘quv muassasasiga pul o‘tkazib berishimni so‘ragan edi. Bu pulni ushbu tashkilot o‘zlarining valyutalarida qa‘bul qilishadi. Hozir men do‘stimga pul to‘lab bersam so‘ng O‘zbekistonga borgandan so‘ng bu pulni qanday olsam bo‘ladi? ya‘ni O‘zbekistonga borgan kunimdagi dollar kursiga o‘tkazibmi yoki bu masalaning boshqa echimi yoki tomonlari ham bormi, hozircha hali pul o‘tkazmadim lekin avvalo shartnomani tuzib olishimiz kerak. Ma‘lumot o‘rnida shuni aytib o‘tmoqchi edimki, do‘stimning bu mamlakatga kelish kelmasligi noma‘lum, bu bilim yurtining tanloviga asoslanadi.Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh qilayotan go‘zal amallaringizdan rozi bo‘lsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘lov paytida o‘zgarmay turadigan valyutga bichib qo‘yish va o‘shani sizga qaytarishi kerak.
6 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat