Ayoliga zulm bo‘lmaydimi
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan 13yil turmushdamiz, 5ta farzandimiz bor. Chet elga ishlash uchun 2yil oldin ketgan, qaytib kelish imkoniyati bor. Allohim beradigan rizqni o‘ylab kemayapti. Yana 2 yoki 3yil yurmoqchi, umumiy olganda 5yil. 13yil davomida Allohni irodasi bilan xamma narsaga sabr qilib erimni chizgan chizig‘idan chiqmadim. Yomon yaxshi kunlar bo‘ldi, endi endi tinchlik kelaman degan maxal 2-xotinga uylanmoqchi. Meni xech qanday qarshilik yoki to‘sqinligim yo‘q.... Sababini so‘rasam ishtan kesam ovqatim tayyor, kirlarim yuvilgan bo‘ladi diyapti. Lekin menga nisbatan noxaqlik qiladimi yoki yo‘q, shariatimiz bunga qanday qarydi. Bu kishi o‘zini o‘ylagan bo‘lyaptimi? Farzandalriga kelib tarbiya mexr berish kerekmi? Telefonda gaplashib 2 og‘iz bollariga gapirgan gapi tarbiyaga kiradimi? Meni o‘tgan 2 yil kelasi 3yil davomida yolg‘iz qo‘yib o‘zi boshqasiga uylanish mumkunmi? Allohimi xukmi qanaqa
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gaplari ikki xotinlikka shariat qo‘ygan shartlarga xilof. إذا كان عند الرجل إمرأتان فلم يعدل بينهما جاء يوم القيامة و شقه ساقط Biror erkakning ikki xotini bo‘lsa va ular orasida adolat qilmasa, qiyomat kuni bir tarafi nuqsonli bo‘lib keladi. (Ibn Moja). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 188 | Oila va turmush